Seul hayvonot bog‘ida filcha katta fillar tomonidan qutqarib qolindi

Jamiyat 22:57 / 20.06.2017 10218

Seul hayvonot bog‘idagi kuzatuv kameralari ikki katta fil cho‘kib ketayotgan filchani qutqarib qolganlarini qayd qildi, deb xabar bermoqda ABC News telekanali.

Video Seoul Grand Park hayvonot bog‘ining Facebook’dagi sahifasida paydo bo‘lgan. Videodan filcha basseynga tushib ketganini ko‘rish mumkin. Filchaning suv sirtida ushlanib turolmay, cho‘kayotganini ko‘rgan katta fillar sarosimaga tushib, o‘zlarini suvga otganlar.

Ular filchani xartumlari bilan ushlagancha, basseyndan itarib chiqara boshlashgan.

Hayvonot bog‘ida ma'lum qilinishicha, bu voqea oqibatida fillardan hech qaysi biri jabrlanmagan.

Ko‘proq yangiliklar: