Ronaldu sud qilinadi

Sport 17:12 / 20.06.2017 17872

«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu 31 iyul kuni Madrid avtonom sudi hamjamiyatiga so‘roq berish uchun boradi. Bu haqda El Confedencial nashri xabar tarqatdi.

O‘tgan haftada Ispaniya prokuraturasi Ronalduni o‘z daromadlarini yashirish maqsadida Ispaniya qonunchiligiga zid yo‘llar orqali firibgarlik ishlatishda ayblangandi. Gap Ronalduning 14,7 mln yevro miqdoridagi soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlagani haqida boradi.

2011 yildan 2014 yilga qadar ishlab topilgan daromadlarni yashirishga uringan Ronalduga 5 yillik muddatgacha bo‘lgan qamoq jazosi xavf solmoqda.

Bu xabarlar ortidan Ronaldu Ispaniyani butunlay tark etish taraddudiga tushgan.

Ko‘proq yangiliklar: