OAV: Rossiya qiruvchisi Amerika samolyotidan 1,5 metr masofada uchib o‘tdi

Jahon 18:35 / 20.06.2017 23441

Rossiyaning Su-27 qiruvchisi Amerikaning josuslik samolyotidan bir yarim metr masofada uchib o‘tib ketdi. Bu haqda Fox News amerikalik amaldorlarga asosan xabar bergan.

Hodisa Boltiq dengizi osmonida dushanba, 19 iyun kuni yuz bergan. Manbalardan birining so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning Su-27’ida raketalar bo‘lgan. U Amerikaning RC-135 josuslik samolyotiga “shiddat” bilan yaqinlashgan hamda taxminan 1,5 metrlik masofada yonidan uchib o‘tib ketgan, deya aytdi amaldor.

Boshqa manbaning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya qiruvchisi atayin shunday xatti-harakatni amalga oshirgan hamda “tartibsiz” parvoz qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: