Mirziyoyev Rossiya bilan migratsiya bo‘yicha kelishuvni tasdiqladi

O‘zbekiston 15:10 / 20.06.2017 46009

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev qaroriga binoan O‘zbekiston va Rossiya hukumatlari o‘rtasida mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuv tasdiqlandi. Hujjat matni seshanba kuni mahalliy matbuotda e'lon qilingan.

Aprel oyi boshida, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Moskvaga tashrifi doirasida Rossiya va O‘zbekiston hukumatlari O‘zbekiston fuqarolarini Rossiyada vaqtinchalik mehnat qilishga uyushgan holda jalb etish bo‘yicha kelishuv imzolagandi. Hukumatlar shuningdek, birgalikda migratsiya sohasida mutasaddi organlar vakolatxonalarini ta'sis etish bo‘yicha ham kelishuv imzolagan.

Prezident O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligiga Rossiya tomonini bu jarayon haqida xabardor qilish topshirig‘ini bergan.

Bundan oldinroq, 15 iyun kuni prezident Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan «Ijtimoiy barqarorlikni ta'minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash — davr talabi» mavzusidagi anjumanda nutq so‘zlab,  O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida imzolangan shartnoma bu davlat hududida ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolarini himoya qilishi haqida gapirgandi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, ayni vaqtda xorijda 3 millionga yaqin o‘zbekistonlik mehnat qiladi (mehnatga layoqatli fuqarolarning uchdan bir qismi). RF IIV ma'lumotiga ko‘ra, Rossiyada 1,7 million o‘zbekistonlik bor.

Ko‘proq yangiliklar: