LG G6’ni yangi funksiyalar bilan jihozlaydi va G seriyadagi yangi modelni taqdim etadi

Fan-texnika 10:46 / 20.06.2017 7477

LG kompaniyasi innovatsiyalarning doimiy rivojiga intilib, LG G6 smartfoni uchun dasturiy ta'minotning yangilanishini chiqarmoqda, shuningdek, G seriyadagi yangi modelni taqdim etmoqda.

LG Electronics kompaniyasi keyingi oyda LG G6 smartfonining funksional imkoniyatlarini kengaytirib, ma'lumotlar himoyasi bo‘yicha yangi funksiyalar qo‘shadi va foydalanuvchi interfeysini yaxshilaydi. Qo‘shilgan imkoniyatlar orasida – «Smartfonni yuzni tanish yordamida ochish», «Energiya sarfini iqtisod qilish» va «Kamera obektivining to‘silib qolgani haqida ogohlantirish». Ulardan chiqarilgan qurilmalarda «proshivkaning» yangilanish imkoniyati paydo bo‘lganidan so‘ng foydalansa bo‘ladi, shuningdek, LG G6 barcha yangi smartfonlarda avvaldan o‘rnatiladi. Bundan tashqari, LG kompaniyasi yangi model - LG G6+’ni taqdim etadi. U kattalashtirilgan xotira hajmiga ega va tovushni faqatgina yuqori sifatda chiqaradi.

LG kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan yuzni tanish orqali ma'lumotlar himoyasi funksiyasi bozordagi shunga o‘xshash texnologiyalardan farqli ravishda, ishlashda juda qulaydir. LG G6 egasi smartfonni yuziga yaqinlashtirish orqali ochishi mumkin. Bunda qandaydir tugmalarni bosish talab etilmaydi. Smartfon tasvirni qurilma xotirasiga avval kiritilgani bilan avtomatik tarzda solishtiradi va ochiladi. Odatda, bunga bir soniyadan kamroq vaqt ketadi. Kamera telefon faqatgina yuzga yaqinlashganda faollashadi, shuning uchun akkumulyator ortiqcha ishlatilmaydi.

LG G6 smartfonida protsessorning yaxshilangan arxitekturasi sabab, «Energiya sarfini iqtisod qilish» yangi funksiyasi joriy etildi. U boshqa ilovalar bilan ishlash qulayligini oshiradi hamda akkumulyatorga qo‘shimcha yuklama keltirmaydi va aloqa kanalini band qilmaydi. 

«Kamera obektivining to‘silib qolgani haqida ogohlantirish» funksiyasi fotohavaskorlarga obektivga barmoq bilan tasodifan tegib ketib, ajoyib suratni yo‘qqa chiqarmaslikka yordam beradi. LG G6 kamerasi juda keng ko‘rish burchagiga ega, shuning uchun s'yomka paytida obektivga smartfon egasining barmog‘i tasodifan tushib qolishi ham mumkin. Yangi funksiya kadrda shunday holat yuz bersa, ekranga s'yomkadan avval ogohlantirish chiqaradi.

LG kompaniyasi yangilangan «proshivkadan» tashqari, ikki rangda LG G6’ni chiqarishni boshlamoqda: Dengiz to‘q-ko‘k va To‘q-tilla rang. Yangi smartfonlar korpusining orqa paneli optik effekt yaratuvchi maxsus yupqa parda bilan qoplanadi. Diagonali 5,7 dyuym bo‘lgan FullVision displey ingichka qora ramka bilan bezalgan, u qurilmaga noyob tashqi qiyofa beradi.

LG G6+ yangi modeli avval LG G6’da amalga oshirilgan innovatsiyalarni meros qilib oldi, hamda 128 GB.lik xotira hajmi bilan jihozlanadi. Komplektda foydalanuvchilar smartfonga o‘rnatilgan 32-bitli Hi-Fi Quad RAO‘ tomonidan chiqariladigan tovushning yuqori sifatidan bahramand bo‘lishlari uchun B&O PLAY quloqchinlari ham bor. Qator davlatlarda smartfon simsiz quvvatlantirish funksiyasi bilan taqdim etiladi.

«Biz G seriyadagi smartfonlarni har doim eng dolzarb texnologiyalar bilan jihozlashga harakat qilamiz. Ular, bizning fikrcha, juda ko‘plab foydalanuvchilarga manzur bo‘ladi, - deya ta'kidlab o‘tdi LG Electronics Mobile Communications Company kompaniyasi prezidenti Juno Cho. – Yangi funksiyalar va korpus ranglariga ega LG G6+’ning paydo bo‘lishi foydalanuvchilarga smartfon xarid qilishda yanada ko‘proq tanlov imkoniyatini beradi».

«Proshivkaning» yangilanishi va LG G6+’ning savdoga aniq qachon chiqarilishi har bir davlatda alohida ma'lum qilinadi.

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: