Kia yangi yo‘ltanlamasi markaning bironta modeliga o‘xshamagan bo‘ladi

Fan-texnika 17:37 / 20.06.2017 9617

Autodato portali Kia’ning yangi yo‘ltanlamasi ilk tasvirlarini e'lon qildi. Stonic modeli dizayn bo‘yicha Koreya markasining bironta boshqa modeliga o‘xshamagan.

Aftidan yangi yo‘ltanlamas Hyundai’ning yangi krossoveri - Kona negizida ishlab chiqilgan. Ularning o‘lchamlari ham juda o‘xshash. Kona’da bu 4165 millimetr uzunlik, 1800 millimetr kenglik va 1550 millimetr balandlik (g‘ildirak bazasi 2600 millimetrga teng).

Yo‘ltanlamas tashqi qiyofasi radiator panjarasining noodatiy shakli va “rangli” tom bilan ajralib turadi. 

Stonic salon dizayni bo‘yicha ham Hyundai’ga o‘xshamaydi. Kia’da oldingi panel umuman boshqa va multimediali tizim displeyi o‘zgacha tarzda bezalgan.

Yo‘ltanlamas motori Hyundai Kona’ga o‘xshab ketadi. Bozorga qarab u ikki litrli benzinli, «turbo to‘rtlik», litrli «uchtalik», shuningdek, hajmi 1,6 litr bo‘lgan dizelli qurilma bilan taklif etiladi. Motolardan ba'zilari to‘la uzatma bilan ham uyg‘unlashishi mumkin.

Kutilishicha, Kia Stonic virtual premerasi 20 iyun kuni bo‘lib o‘tadi. Keng ommaga esa yo‘ltanlamas Frankfurtda sentabr oyida bo‘lib o‘tadigan avtoshouda namoyish etiladi.

Ko‘proq yangiliklar: