Kanadalik 97 ga kirganini 500 metr balandlikdan sakrash bilan nishonladi

Jamiyat 00:16 / 20.06.2017 6252

Kanadalik Garri Ueylen o‘zining 97-tug‘ilgan kunini Torontoda joylashgan CN Tower binosidan sakrash bilan nishonladi. Unga qizi va ikki nafar nabirasi hamrohlik qilgan. Bu haqda CBC News xabar bermoqda. 

Ueylen uchun 500 metrli binodan sakrash mashqi birinchisi emas, u bundan avval 92 yoshida ana shu binodan arqon yordamida sakragan edi. U o‘zining o‘shandagi suratlarini Twitter’dagi sahifasiga joylashtirgan.

Kanadalikning aytishicha, u uzoq yillar qurilish sohasida ishlagan. Ayniqsa, osmono‘par binolar qurilishida. Shuning uchun u balandlikdan qo‘rqmasligini ta'kidlagan.

Ueylenning salomatligi yaxshi, bu ham unga xavfli mashg‘ulotiga yordam bergan. “So‘nggi bor qachon aspirin iste'mol qilganimni eslolmayman”, — dedi u.

Kanadalik 100 yoshini ham huddi ana shunday nishonlash niyatida.

Ko‘proq yangiliklar: