Infantino hakamlarga videoyordam haqidagi fikrlarini bildirdi

Sport 02:22 / 20.06.2017 12972

FIFA prezidenti Janni Infantino Konfederatsiyalar kubogi 1-turidan o‘rin olgan Avstraliya va Germaniya  o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng musobaqada hakamga videoyordam tizimi (VAR) ishlayotganligidan mamnun ekanligini aytdi. Uchrashuvning o‘zi esa Germaniya foydasiga 2:3 xisobida yakunlandi. 

"Men VAR tizimidan juda mamnunman. Biz videoyordamchilar hakamlarga to‘g‘ri qarorlar qabul qilishda qanday yordam berayotganini ko‘rmoqdamiz. Tizimning Konfederatsiyalar kubogida sinovdan o‘tishi bizga jarayonlarni va hakamlar bilan aloqa qilishni yaxshilashda yordam beradi. Muxlislar ko‘p yillar davomida orziqib kutganlari yuz berdi. Videoyordam tizimi bu zamonaviy futbol kelajagidir", deb aytdi Infantino. 

Ko‘proq yangiliklar: