Belgiyada germaniyalik mashinasida bolalarni bosib ketmoqchi bo‘ldi

Jahon 21:59 / 20.06.2017 4570

Germaniyaning ruhiy nosog‘lom fuqarosi mashinasida Belgiyadagi harbiy poligon hududiga kirib borib, u yerdagi bog‘da piknik qilayotgan bir guruh bolalarni bosib ketmoqchi bo‘ldi. Bu haqda mahalliy politsiyaga iqtibos keltirgan holda Avenir nashri xabar bermoqda

Voqea 19 iyun kunduzi yuz bergan, biroq politsiya bu haqda faqatgina 20 iyunda xabar qilgan. "U 19 iyunda kunning ikkinchi yarmida noma'lum sababga ko‘ra o‘z mashinasida Elzenborn harbiy lageri hududiga kirib borgan. Bu ruhiy nosog‘lom erkak bir nechta avariyalar sodir etib, ekskursiyada bo‘lgan bir guruh maktab o‘quvchilari, ularning o‘qituvchilari va o‘rmonchini bosib ketmoqchi bo‘lgan", deb aytildi politsiyada va gap qotillikni sodir etishga urinish haqida ketayotganini ta'kidlab o‘tildi. 

Byutgenbax kommunasi burgomistri Emil Dannemarkning aytishicha, o‘quvchilar Germaniya chegarasi yaqinidagi qo‘riqxonada joylashgan bu lagerga muntazam ekskursiya uyushtirib turishadi.  

"O‘qituvchilar tezkorlik bilan harakat qilib, o‘rmonchi haydovchini ushlashga harakat qilayotgan paytda bolalarni avtomobil yetib borolmaydigan joyga olib ketishgan", deb aytdi burgomistr.

Haydovchi poligondagi harbiylar tomondan qo‘lga olingan. U Germaniyaning Axen shahridagi psixiatrik shifoxonaga joylashtirildi. Voqea oqibatida hech kim jabrlanmagan.

Ko‘proq yangiliklar: