Adham Ikromovning Savdo-sanoat palatasidagi o‘rinbosarlari tanishtirildi

O‘zbekiston 16:59 / 20.06.2017 25972

Islom Kazimovich Jasimov O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining yangi raisi Adham Ikromovning birinchi o‘rinbosari bo‘ldi. Bu haqda bugun O‘zbekiston banklar Assotsiatsiyasi binosida tashkil etilgan O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining navbatdan tashqari qurultoyida ishtirok etgan Kun.uz muxbiri ma'lumot berdi.

Qurultoyda raisning yana uch o‘rinbosari tanishtirilgan, bular: Botirjon Asadov Zokirovich, Jamshid Rajabovich O‘roqov hamda O‘tkir Umirovich Bo‘tayev.

Raisning birinchi o‘rinbosari Islom Jasimov bu vaqtgacha bosh prokuratura tizimida faoliyat ko‘rsatib kelgan, Botir Asadov senator, O‘tkir Bo‘tayev Qonunchilik palatasi deputati bo‘lgan.

19 iyun kuni Shavkat Mirziyoyevning Savdo-sanoat palatasi faoliyatini tubdan o‘zgartiruvchi farmoni e'lon qilingandi.

Savdo-sanoat palatasining bugun o‘tkazilgan navbatdan tashqari qurultoyida Alisher Shayxov o‘z lavozimini tark etdi va uning o‘rniga sobiq Sog‘liqni saqlash vaziri Adham Ikromov tayinlandi.

Ko‘proq yangiliklar: