O‘zbek olimlari tomonidan yangi ozonator yaratildi 

Fan-texnika 13:33 / 19.06.2017 18377

O‘zbek olimlari tomonidan yangi ozonator moslamasi yaratildi. Ushbu moslamadan havoni, eritmalarni ozonlash, turli obektlarga ozon bilan ishlov berishda foydalanish mumkin. Bu haqda Intellektual mulk agentligi xabar berdi.

Yangi moslama bungacha foydalanishda bo‘lgan muqobillaridan bir nechta afzal jihatlari - barqaror koron razryad olishi, razryad tokini ko‘paytirishi, ish samaradorligi yuqoriligi bilan farqlanadi. Ozonator tarkibiga koaktsial joylashtirilgan va yuqori kuchlanish manbaiga ulangan ikkita razryadli elektrod kiradi. Ichki elektrod tashqi elektrodga nisbatan aylanish imkoniyati bilan yasalgan va o‘z yuzasida o‘tkazuvchan materialdan yasalgan koronatsiyalash elementlariga ega bo‘lib, ular tikanlar yoki elastik panjalar ko‘rinishida bajarilgan. Elektrodlar konuslarga o‘tib boradigan silindrlar shakliga ega.

Elektrod yoki uning qismi umumiy aylanish o‘qi bo‘ylab siljiy oladigan qilib bajarilgan. Ixtiro ozonli havo va ozonli kislorodga ehtiyoj bo‘lgan bir qator sohalarda, jumladan, biologiya, tibbiyot, qishloq xo‘jaligi va sanoatda keng qo‘llanilishi mumkin.

Ixtiro uchun tegishli patent topshirildi.

Ko‘proq yangiliklar: