Sardor Rashidov klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etadi

Sport 02:27 / 19.06.2017 30993

O‘zbekiston terma jamoasi yarimhimoyachisi, Qatarning «Al-Jayish» klubida to‘p surib yurgan Sardor Rashidov jamoasini o‘zgartirdi.

Hamyurtimiz 15 iyun kuni BAAning «Al-Jaziyra» klubiga transfer qilindi. Sardor Rashidov «Al-Jaziyra» bilan 2 yillik shartnomaga imzo chekdi.

Eslatib o‘tamiz, «Al-Jaziyra» dekabr oyida BAAda o‘tkaziladigan klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida qatnashadi. Endi Sardor Rashidov ham bu musobaqada ishtirok etishi mumkin.

2017 yilgi klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida hozircha UYeFAdan «Real» Madrid, Okeaniyadan Yangi Zelandiyaning «Oklend Siti», KONKAKAFdan Meksikaning «Pachuka» va mezbon sifatida BAAning 2016-17 yilgi mavsumdagi chempioni «Al Jaziyra» qatnashadi.

Qayd etish lozimki, OChLning chorak finalida ishtirok etayotgan BAAning boshqa bir jamoasi «Al-Ayn»da ham Klublar o‘rtasidagi JChda ishtirok etish imkoniyati bor. Shuningdek, OChL chorak finali ishtirokchisi, hamyurtimiz Odil Ahmedovning jamoasi — «Shanxay SIPG» ham ushbu turnirda ishtirok etish uchun imkoniyatlari yuqori.

Ko‘proq yangiliklar: