Sanches Konfederatsiyalar kubogini «shishib ketgan» oyoqda o‘tkazmoqda

Sport 23:33 / 19.06.2017 8566

Chili terma jamoasi hujumchisi Aleksis Sanches Konfederatsiyalar kubogini og‘riq bilan o‘tkazmoqda.

U Chili terma jamoasi mashg‘ulotlari vaqtida oyog‘ini qayirib olgandi. 28 yoshli hujumchi Kamerunga qarshi o‘yinni zaxira o‘rindig‘ida boshlagandi, murabbiy uni 58-daqiqada, hisob 0:0 bo‘lib turgan holatida maydonga tushirdi. Futbolchining faollik ko‘rsatishi evaziga chililiklar o‘yinning qolgan qismida 2ta gol urishdi va g‘alabaga erishdi.

O‘yindan keyingi kunda Sanches ijtimoiy tarmoqda shishib ketgan oyog‘i suratlarini namoyish etdi.

Chili 22 iyun kuni turnir doirasidagi navbatdagi uchrashuvni Germaniyaga qarshi o‘tkazadi.

Ko‘proq yangiliklar: