Ronaldu Meksikaga qarshi o‘yindan so‘ng majburiy press konferensiyaga kelmadi

Sport 01:30 / 19.06.2017 12306

Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Konfederatsiyalar kubogi doirasida Meksikaga qarshi o‘yindan so‘ng majburiy press-konferensiyaga kelmadi. 

"Chempionat" nashri bergan ma'lumotga ko‘ra, 32 yoshli futbolchi tizzasidan olgan jarohat sababli shifokorlar ko‘rigidan o‘tmoqda. 

Shifokorlar ko‘rigidan so‘ng futbolchi OAV vakillari bilan uchrashishi kutilayotgandi. Biroq murabbiy qaroriga ko‘ra Ronaldu jurnalistlar bilan gaplashmadi. 

Portugaliya — Meksika o‘rtasidagi uchrashuv 2:2 hisobida yakunlandi. Ronaldu uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi.

Ko‘proq yangiliklar: