Ronaldu agentidan «MYu»ga transferi bo‘yicha shug‘ullanishni so‘radi

Sport 11:01 / 19.06.2017 14692

«Manchester Yunayted» «Real»dan Krishtianu Ronalduni sotib olishi haqiqatga yaqin.

Mashhur italiyalik jurnalist Janluka Di Martsio Sky Sport Italia nashri orqali xabar berishicha, 32 yoshli portugaliyalik futbolchi o‘z agenti Jorjye Mendeshdan «MYu»ga o‘tishi uchun bor choralarni ko‘rishni so‘ragan.

«PSJ» Ronaldu uchun istalgan mablag‘ni berishga tayyor bo‘lib turibdi, ammo bu vaziyatda futbolchining istagi birinchi o‘rinda turadi.

Sky Sports nashri manbasi ham Ronaldu  Angliyaga qaytishni istayotgani haqida xabar bergan. Ammo «Manchester Yunayted»dagilar bu vaziyatda xotirjamlik saqlashga harakat qilishmoqda, klubdagilar Serxio Ramos voqeasi takrorlanishidan xavotirda.

Ronaldu «Manchester Yunayted» safida 2003 yildan 2009 yilgacha to‘p surgan, klub bilan 9 sovrin qo‘lga kiritgan, jumladan Chempionlar ligasi g‘olibligi va 3 marta Angliya chempionligi. Bundan tashqari u ilk «Oltin to‘p»ni shu jamoada olgandi.

«Real» hujumchisi Ispaniya prokuraturasi uni 14,7 million yevro miqdoridagi soliqni to‘lamaslikda ayblagach, jamoadan ketishga qaror qildi. Ronalduning fikricha, Madrid klubi uni yetarlicha qo‘llab-quvvatlamadi va himoya qilmadi.

Ko‘proq yangiliklar: