Porsche Le-Manda 19-g‘alabani juda noodatiy tarzda qo‘lga kiritdi

Sport 18:00 / 19.06.2017 4233

Porsche jamoasi «Le-Manda 24 soat» poygasining umumiy jadvalida 19-marotaba g‘alaba qozondi. Bu haqda marka matbuot xizmati xabar bergan.

Bu jamoa uchun qatorasiga qo‘lga kiritilgan uchinchi g‘alaba bo‘ldi. Pilotlar Erl Bamber (Yangi Zelandiya), Timo Bernxard (Germaniya) va Brendo Xartli (Yangi Zelandiya) Porsche 919 Hybrid gibridli bolidlarini boshqarishdi. Avtomobil quvvati 500 ot kuchiga teng benzinli dvigatel va 400 ot kuchilik elektr motor bilan jihozlangan, barcha g‘ildiraklarga uzatma bor va soatiga 320 kilometr tezlikka chiqishi mumkin. G‘alaba old uzatma ishdan chiqqaniga qaramay qo‘lga kiritildi, uni ta'mirlash uchun bir soatdan ko‘p vaqt ketgan.

«Porsche Le-Manda ketma-ket uch bor zafar quchib, o‘z orzusini hayotga tatbiq etdi. Hamda bu uchinchi g‘alaba juda noodatiy tarzda qo‘lga kiritildi. Men Porsche jamoasi uzoq vaqt ta'mirdan so‘ng ham kurashni davom ettirganidan faxrlanaman. Bu muvaffaqiyat uchun E-Performance kuchli konsepsiyasi va innovatsion gidridli texnologiyaga rahmat deyishimiz kerak», - deya ta'kidlab o‘tdi Porsche AG boshqaruvining tadqiqotlar va ishlanmalar uchun javob beradigan a'zosi Mixael Shtayner.

Ko‘proq yangiliklar: