Poroshenko AQShga jo‘nab ketdi

Jahon 17:29 / 19.06.2017 8121

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko AQShga amaliy tashrif bilan jo‘nadi. Bu ma'lumotni Ukraina rahbari matbuot kotibi Svyatoslav Tsegolko rasman tasdiqladi.

"Ukraina prezidenti Qo‘shma Shtatlarga amaliy tashrif bilan jo‘nab ketdi", - deya yozdi u Twitter’dagi sahifasida.

Kutilishicha, Ukraina prezidenti Vashingtonda vitse-prezident Maykl Pens va vazirliklar rahbarlari bilan ham uchrashadi.

Amerika tomoni ushbu tadbirlar haqida hozircha rasmiy ma'lumot bergani yo‘q.

Ko‘proq yangiliklar: