Oliy Liga. «Paxtakor» «Nasaf»ni yengib, turnir jadvalida yuqoriladi va boshqa natijalar

Sport 22:54 / 19.06.2017 11545

Bugun — 19 iyun kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy ligasida 14-tur bellashuvlari start oladi va uning doirasida 3 ta uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Markaziy o‘yin Toshkentdagi «Paxtakor» stadionida 19:00 da start oladi va unda mezbonlar Qarshining «Nasaf» klubiga qarshi maydonga tushdi.

Ushbu uchrashuvda toshkentliklar jamoasi Igor Sergeyev va Sherzod Karimovning gollari evaziga 2:1 hisobidagi g‘alabaga erishdi. Bu natijadan so‘ng «Paxtakor» ochkolari sonini 21taga yetkazib, turnir jadvalida 5-o‘ringa ko‘tarildi. «Nasaf» esa 23 ochkosi bilan ikkinchi o‘rinda qolmoqda.

Tengma – teng kurashlar ostida kechgan «Mash'al» – «Neftchi» uchrashuvida kuchlar teng keldi - 2:2.

Uchinchi uchrashuv Bekobodda kechdi va unda mahalliy «Metallurg» «Qizilqum»ni mag‘lubiyatga uchratdi - 3:1.

O‘zbekiston Oliy ligasi
14-tur bellashuvlari
19 iyun, dushanba

«Paxtakor» — «Nasaf» 2:1
Gollar: 1:0 - 67 Sergeyev, 2:0 - 69 Karimov, 2:1 - 78 Sayfiyev.
Paxtakor: Lobanov, Alijonov, Kozak, Tojiyev, Hoshimov, Ismatullayev, Ahmedov, Karimov, Nurullayev, Sergeyev, Hakimov.
Nasaf: Suyunov, Shorahmedov, G‘aniyev, Rahmatullayev, Abdurahimov, Golban, A'zamov, Rashidxonov, Sayfiyev, Narzullayev, Cheran.

«Mash'al» — «Neftchi» 2:2
Gollar: 1:0 - 23 Rahmonov, 1:1 - 45 Mamazulumov, 2:1 - 52 Abduraimov, 2:2 - 85 Ayvazov.
Mash'al: Ilyosov, Shaykulov, Raxmonov, Abduraimov, Kamolov, Murtazoyev, Safarov, Qosimov, Begimqulov, Agaliyev, Sharipov.
Neftchi: Yusupov, Karimov, Baxriddinov, Mamazulumov, G‘ofurov, Muzaffarov, Rasulov, Irmatov, Ubaydullayev, Abdulxakov, Pavlenko.

«Metallurg» — «Qizilqum» 3:1
Gollar: 1:0 - 28 avtogol Qambarov, 2:0 - 74 Ziyovutdinov, 2:1 - 75 Zokirov, 3:1 - 83 Qodirqulov.
Metallurg: Sultonov, Hoshimov, No‘'monov, Toshmatov, Karimqulov, Abdullayev, Sulaymonov, Ziyovutdinov, Isoqjonov, Qobilov, Abdumo‘minov.
Qizilqum: Makosin, Po‘latov, Rustamov, Zokirov, Shodiyev, Qambarov, Gevorkyan, Shodmonov, Jumayev, Usmonov, Yunusov.

Ko‘proq yangiliklar: