Mirziyoyev Qozog‘iston bilan bitimni tasdiqladi

O‘zbekiston 09:15 / 19.06.2017 24035

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yilning 5 iyun kuni O‘zbekiston hukumati va Qozog‘iston hukumati o‘rtasidagi xalqaro avtomobil qatnovi to‘g‘risidagi bitimga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi bayonnomani tasdiqladi.

Eslatib o‘tamiz, hujjat O‘zbekiston rahbarining Ostonaga 2017 yilning 23 mart kuni amalga oshirilgan davlat tashrifi davomida imzolangan.

Prezident qarorida qayd etilishicha, kelishuv Qozog‘iston bilan savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, turizm va atrof-muhitni muhofaza etish, shuningdek, boshqa sohalardagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish va rivojlantirishga yo‘naltirilgan.

Mirziyoyev TIVga Qog‘ozistonga O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ko‘rsatilgan xalqaro bitim kuchga kirish uchun lozim bo‘lgan ichki davlat jarayonlari bajarilgani haqida bildirishnoma yuborish vazifasini topshirdi.

Ko‘proq yangiliklar: