«Ispaniyada menga xuddi jinoyatchidek qarashmoqda» - Ronaldu Zidanga dardini aytdi

Sport 17:37 / 19.06.2017 17625

Madridning «Real» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Ispaniyada unga bo‘layotgan munosabatdan norozi. Portugaliyalik futbolchi bu haqda madridliklar bosh murabbiyi Zinedin Zidan bilan telefon orqali muloqotida ma'lum qilgan.

«Ispaniyada menga xuddi jinoyatchilarga qilgandek muomala qilishmoqda. Birinchi navbatda matbuotda», — deya Ronalduning so‘zlarini keltiradi Cope radiosi.

Frantsuz mutaxassisi Portugaliya terma jamoasi sardoriga telefon qilib, uni o‘z qarorini qayta ko‘rib chiqishga va «Qirollik klubi»da olib qolish uchun ko‘ndirishga urinib ko‘rgan, biroq Ronaldu «Real»ni tark etish fikridan qaytmagan.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu 2011-2014 yillar davomida 14,7 million yevro miqdorida soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlashda ayblanmoqda. Shu bois hujumchi «Real»ni tark etish payiga tushib qolgan. Portugaliyalik futbolchining fikricha, Madrid klubi uni himoya qilmayapti.

Ko‘proq yangiliklar: