Fransiyadagi parlament saylovlarining 2-turi ilk natijalari ma'lum qilindi

Jahon 00:00 / 19.06.2017 3093

Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning "Olg‘a, respublika!" harakati Fransiya parlamenti quyi palatasi – Milliy yig‘ilishga saylovlarning 2-turida ishonch bilan yetakchilik qilmoqda. Bundan mamlakat ichki ishlar vazirligi taqdim qilgan ilk natijalar darak bermoqda.   

56,76 foiz (11,8 mln) byulletenlar hisob-kitob qilingandan keyin olingan ma'lumotlarga ko‘ra, mamlakat bo‘ylab "Olg‘a, respublika!" nomzodlari uchun 41,25 foiz saylovchilar ovoz bergan. Bu borada keyingi o‘rinlarda 22,59 foiz ovoz bilan "Respublikachilar" partiyasi, 9,93 foiz ovoz bilan "Milliy front", 6,24 foiz ovoz bilan "Sotsialistik partiya" va 2,89 foiz ovoz bilan "Zabt etilmagan Fransiya" kelmoqda. Makron harakatining Modem partiyasidagi ittifoqdoshlari 5,90 foiz ovoz to‘play oldi.

Biroq shu bilan birga bu raqamlar saylovchilarning qo‘llab-quvvatlashi darajasinigina ko‘rsatadi: Fransiyada parlament saylovlari majoritar tizim bo‘yicha o‘tadi. Unga ko‘ra, deputatlar 577 ta bir mandatli okruglar bo‘yicha saylanadilar. 1-turda yutish uchun 50 foizdan ko‘proq ovoz to‘plash kerak edi, biroq bunga faqatgina 4 nomzod erisha oldi. 2-turda esa ko‘pchilik ovoz to‘plagan nomzod g‘olib bo‘ladi.  

Ko‘proq yangiliklar: