Estoniyada robot-kurerlar ishga tushadi

Fan-texnika 18:14 / 19.06.2017 3261

Skype asoschilari uch yil avval yangi Starship Technologies kompaniyasini ochishdi va soatiga 6 kilometr tezlikda harakatlanuvchi robot-kurerlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishdi. Bu robotlar dunyoning turli mamlakatlarida sinovdan o‘tmoqda, kuni kecha esa Estoniya parlamenti ham mamlakatning barcha hududlarida robot-kurerlardan foydalanish g‘oyasini qo‘llab-quvvatladi. Hi-News shu haqida xabar berdi. 

Barchasi qonuniy bo‘lishi uchun robot bir metrdan baland  bo‘lmasligi kerak. Robotning vazni 50 kilogramm bilan chegaralanadi, korpusi esa albatta oq rangda bo‘lishi lozim. Robot-kurerda chiroqlar ham bo‘lishi zarur. Starship Technologies robotlari bu talablarning barchasiga javob beradi. Shunday ekan, tez orada bunday kurerlar butun Estoniya bo‘ylab tovarlarni yetkazib berish bilan shug‘ullanishi mumkin. 

O‘tgan yilning oxirida Starship Technologies robotlari turli mamlakatlarda sinovdan o‘tkazila boshlandi. Hozir ularni 60 shaharning ko‘chalarida uchratish mumkin, biroq robotlarning u yerdagi harakatlarini to‘la qonunli deb bo‘lmaydi, ular imkoniyatlari jihatidan chegaralangan. Ba'zi mamlakatlargina bundan mustasno. Masalan, Amerikaning Virjiniya va Aydaho shtatlarida robotlarning ko‘chalarda harakatlanishiniga doir  qonunchilikka tuzatish kiritildi, bundan avval shunga muvofiq qonun qabul qilingan San-Frantsiskoda esa, aksincha, robotlarning xizmati munosib baholanmadi. 

Ko‘proq yangiliklar: