Bekobodda yangi hokimlar ish boshladi

O‘zbekiston 22:30 / 19.06.2017 32315

Toshkent viloyatining Bekobod tumaniga va Bekobod shahriga yangi hokimlar tayinlandi.

Bugun, 19 iyun kuni xalq deputatlari Bekobod shahar va tuman kengashida navbatdan tashqari sessiya o‘tkazilgan va unda tashkiliy masala ko‘rilgan. 

«Kun.uz» manbasi ma'lumot berishicha, sessiyada Zafar Jorullayevich Fayzullayev Bekobod shahri, Otabek Ubaydullayevich Isroilov Bekobod tumani hokimi etib tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, 2017 yilning aprelidan beri tumanga hokimlik qila boshlagan Turobjon Jo‘rayev o‘tgan haftada Samarqand viloyati hokimi etib tayinlangandi.

Ko‘proq yangiliklar: