Yaponiya vizasini olish uchun ariza berish tartibi soddalashtirildi

O‘zbekiston 09:32 / 19.06.2017 21515

Yaponiya tomoni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligini O‘zbekiston fuqarolik pasportiga ega bo‘lgan shaxslar tomonidan Yaponiyaga qisqa muddatli viza (90 kundan oshmagan muddatga) olish uchun ariza berish tartibining soddalashtirilgani haqida rasman xabardor qildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati ma'lumot bergan.

Soddalashtirilgan tartib quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

1) ishbilarmonlik maqsadlari bilan bog‘liq bo‘lgan, madaniyat va intellektual mehnat uchun safar qilish sohalarini kengaytirish. Fuqaro ayni shu viza bilan Yaponiyaga qayta tashrif buyurganda, undan turistik maqsadlarda hamda qarindosh va tanishlarini ziyorat qilish maqsadlarida foydalanishi mumkin;

2) davlat tashkilotlari, Yaponiya fond bozorlarida ro‘yxatga olingan tashkilotlar tomonidan moliyalashtiriladigan kompaniyalar xodimlariga hamda Yaponiyaga avval ham tashrif buyurgan arizachilarning ko‘p martalik qisqa muddatli vizalari amal qilish muddatini uch yildan besh yilga uzaytirish;

3) bir martalik qisqa muddatli viza olish uchun ariza bilan murojaat qilinganda kafolatlash tizimini bekor qilish.

Kerakli hujjatlar ro‘yxati va ariza bilan murojaat qilish tartibi to‘g‘risidagi to‘liq ma'lumotni Yaponiyaning O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi veb-saytidan olish mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: