Yangi tajriba: Andijon kollejlarida tadbirkorlik bo‘yicha ilmiy-amaliy markazlar tashkil etildi

Jamiyat 02:47 / 19.06.2017 13508

Ming bor eshitgandan bir marta ko‘rgan yaxshi. Biror bir yangilik haqida tushuntirishning eng maqbul yo‘li uni amalda ko‘rsatib berishdir. 

Ma'lumki, aholi tomorqasidan unumli foydalanishni samarali tashkil etish, kichik biznes, tadbirkorlik, parrandachilik va chorvachilikni rivojlantirish orqali xalq farovonligini oshirish shu kunning asosiy mavzusi bo‘lib turibdi.

Andijon viloyat o‘rta maxsus kasb-hunar ta'limi boshqarmasi tasarrufidagi kollejlarda - bitiruvchilar, aholi va fermer xo‘jaliklariga yuqoridagi yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy-amaliy yordam berishga mo‘ljallangan markazlar tashkil etildi.

O‘zi aslida, xalqimiz bir qarich yerni bo‘sh qo‘ymaydi. Shunday bo‘lsada, serdaromad soha bo‘lgan parrandachilik, echkichilik, quyon boqish, tomorqaga ekinlarni rejali tarzda ekish bo‘yicha tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar bilan tanishib borish foydadan holi emas. Bu borada kollejlarda tashkil etilgan – maslahat biznes-markazlari aholiga ko‘mak beradi.

Andijon tuman agrosanoat kolleji, Paxtaobod qishloq xo‘jaligi va Oltinko‘l Agroiqtisodiyot kollejlaridagi “Maslahat biznes-markazi”ga kelgan kishi xonadoni daromadini oshirish uchun ko‘p tajribaga ega bo‘ladi. 

Ayniqsa, Andijon tuman agrosanoat kollejida bu borada zo‘r ishlar amalga oshirilgan ekan. Xitoy uslubida hech qanday isitish tizimisiz ishlayotgan issiqxonada bodringlar pishib, quyonxonada quyon bolalabdi. Tomorqa ekinlari ekilgan yer maydonida ish  havas qiladigan tarzda tartibli tashkil etilgan ekan. Baliq ko‘liga ham chavaq tashlanib, parvarish qilinmoqda. 

- Echkichilik bilan shug‘ullanish uchun tajriba to‘plamoqchi bo‘lib, Oltinko‘l tumaniga bormoqchi edim,- deydi Orifjon aka. O‘zimizni kollejda echki boqish texnologiyasi haqida tayyor adabiyotlar, hatto videoqo‘llanma ham bor ekan.

Markazga kelgan aholi vakiliga avval ilmiy adabiyotlar, videoroliklar taqdim qilinib, so‘ng shu jarayonni amaliy tarzda qanday amalga oshirilishi ko‘rsatilmoqda. 

Kun.uz muxbiri Elmurod Ermatov, Andijon

Ko‘proq yangiliklar: