Amerika kompaniyasi 11 davlatga F-35 qiruvchilarini rekord mablag‘ evaziga yetkazib beradi

Jahon 11:32 / 19.06.2017 17477

Amerikaning Lockheed Martin kompaniyasi 11 davlatga 440 ta F-35 qiruvchisini 37 mlrd. dollarga yetkazib berish bo‘yicha muzokaralarni yakuniga yetkazmoqda. Bu haqda Reuters manbalarga asosan xabar berdi.

Ularning tushuntirishicha, qiruvchilar narxi yakuniy emas, biroq har bir qiruvchining o‘rtacha qiymati 85 mln. dollarga teng bo‘lishi mumkin.

Agentlikning ta'kidlashicha, kelishuv 2018-2020 yillar oralig‘ida amalga oshiriladi.

Lockheed Martin vakili “shartnomalarni imzolash bo‘yicha muzokaralarni muhokama qilishdan bosh tortdi”. Xaridorlar vakillari, jumladan AQSh ham, kelishuv haqida hozircha izoh berishmadi.

Manbalar ma'lumotiga ko‘ra, Lockheed Martin’ning Avstraliya, Daniya, Isroil, Italiya, Yaponiya, Niderlandiya, Norvegiya, Turkiya, Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya va AQSh vakillari bilan uchrashuvi Baltimorda bo‘lib o‘tgan. Unda 2018 yilda 135 qiruvchini, har birining narxi 88 mln. dollardan bo‘lgani holda sotib olish rejasi muhokama qilindi.

Kutilishicha, xaridlar 2019 va 2020 yillarda yiliga 150 samolyotga qadar oshib boradi, 2020 yilga kelib har bir qiruvchining o‘rtacha narxi 80 mln. dollarga qadar tushishi kerak.

Ko‘proq yangiliklar: