Samarqand shahridagi 82ta mahallada kuzgacha gaz ta'minoti yaxshilanadi

O‘zbekiston 12:21 / 18.06.2017 10894

Joriy yilning 1 oktabriga qadar Samarqand shahri iste'molchilariga yetkazib berilayotgan tabiiy gaz hajmining aniq hisobini olib borish uchun 82ta mahallaning gaz ta'minoti to‘liq bir tomonlama berk tizimga o‘tkazilishi va gaz tarmoqlarining mahallalarga kirish qismiga elektron hisoblagichlar o‘rnatilishi rejalashtirilgan. Bu haqda Samarqand shahar hokimi V.Rahimov 16 iyun kuni jurnalistlar bilan o‘tgan matbuot anjmuanida ma'lum qildi.

Shu yilning 1 noyabriga qadar Samarqand shahrining «Zarafshon» va «Siyob» markazi hududlariga aholi xonadonlari va ijtimoiy soha mutaxassislarini tabiiy gaz bilan bir maromda ta'minlash uchun «Oqdaryo» gaz taqsimlash stansiyasi hududidan «Zarafshon» markazi hududigacha 3,5 km va «Shimoliy» gaz taqsimlash stansiyasidan «Siyob» markazi hududigacha 5,5 km uzunlikdagi gaz quvurlari tortilishi bo‘yicha bir talay ishlar bajarildi, dedi shahar hokimi.

Jumladan, Samarqand shahri iste'molchilariga yetkazilayotgan tabiiy gaz hajmining aniq hisobini olib borish uchun 18 ta mahalla bir tomonlama berk tizimga o‘tkazildi va 26 ta zamonaviy elektron gaz hisoblagich o‘rnatildi.

«Samarqandshahargaz» filialining «Zarafshon» va «Siyob» markazi hududlaridagi aholi xonadonlari va ijtimoiy soha muassasalarining tabiiy gaz ta'minotini yaxshilash maqsadida Bulung‘ur tumanidan diametri 219 va 273 mm bo‘lgan 1,6 km uzunlikdagi metall quvur demontaj qilinib, «Oqdaryo» va «Shimoliy» GTSlariga keltirildi.

Bundan tashqari, «Zarafshon» shohko‘chasida 1,5 km masofada montaj ishlari bajarildi. Hozirda keng miqyosda qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda. Loyiha hujjatlari «O‘ztransgaz» aksiyadorlik kompaniyasi va «Markazgazta'minot» unitar korxonasi hamkorligida tayyorlangan.

Ko‘proq yangiliklar: