Rossiyaga yangilangan Ravon Gentra yetkazib berila boshlandi

Fan-texnika 08:16 / 18.06.2017 45942

Ravon‘ning rossiyalik dilerlariga restayling qilingan Gentra mashinalari yetkazib berila boshlandi.

Modelning ichi yangilangan. Sedanning old paneli va salon qoplamasi o‘zgargan, yangi asboblar paneli va audiotizim paydo bo‘lgan. Bundan tashqari, Ravon’ning Rossiyadagi ofisida Gentra ERA-Glonass favqulotda javob berish tizimi bilan jihozlangani ma'lum qilindi.

Ravon brendi ostida Chevrolet’ning avvalgi avloddagi modellari ishlab chiqariladi. Gentra modeli Lacetti’ning tashqi ko‘rinishi o‘zgartirilgan nusxasi hisoblanadi. Rossiyaga u 1,5 litr hajmli 107 ot kuchiga ega benzinli dvigatel bilan yetkaziladi, motor 5 pog‘onali mexanik va 6 diapazonli "avtomatik" uzatmalar qutisi bilan birgalikda ishlaydi.   

O‘tgan oy Ravon Gentra’ning narxi ancha tushgandi. Agar avval sedan 629000 rubldan 809000 rublgacha turgan bo‘lsa, endilikda uning narxi 539000 rubldan 669000 rublgachani tashkil qilmoqda. Marka matbuot xizmatida ma'lum qilinishicha, mashina narxini oshirish rejalashtirilmagan.  

Gentra’ning bazaviy komplektatsiyasida ABS tizimi, ikkita xavfsizlik yostiqchasi, konditsioner, tumanga qarshi chiroqlar va tashqi oynalar isitgichi mavjud. Modelning top versiyasida audiotizim, oyna tozalagichlar turish hududida old oyna isitilishi, haydovchi o‘rindig‘ida bel tirgagi ko‘zda tutilgan. 

Rossiyada Ravon mashinalari savdosi aprelda martga nisbatan 26,7 foizga, mayda esa 45 foizga oshgan.

Yevropa biznesi uyushmasi ma'lumotlariga ko‘ra, Rossiyada joriy yilning yanvaridan mayigacha Ravon avtomobilidan 3707 ta dona sotilgan. Gentra’dan tashqari, Rossiyada Nexia R3 (avvalgi Aveo), R4 (Cobalt) va R2 (avvalgi avloddagi Spark) sotiladi.

Ko‘proq yangiliklar: