«Real» va «MYu» futbol tarixidagi eng yirik transferga qo‘l urishi mumkin

Sport 12:39 / 18.06.2017 21391

«Manchester Yunayted» «Real»ga Krishtianu Ronaldu va Alvaro Morata uchun darvozaboni David de Xeaga qo‘shib 210 mln yevro bermoqchi. Bu haqda Tuttosport nashri xabar tarqatgan.

Italiyadagi ushbu nashrning qayd etishicha, bu holda «Milan» bilan xayrlashgan va Madridga yo‘l olishi kutilayotgan Janluiji Donnarumma «Yuventus» bilan muzokara boshlashi mumkin.

Bundan avvalgi xabarlarda, madridliklar klubi Ronalduning Manchesterga ketishi haqidagi xabarlar fonida Alvaro Moratani «Manchester Yunayted»ga sotish fikridan qaytgani haqida aytilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: