Portugaliyada o‘rmon yong‘inlari oqibatida 19 kishi halok bo‘ldi

Jahon 08:32 / 18.06.2017 2658

Portugaliyada kechayotgan o‘rmon yong‘inlari oqibatida 19 kishi halok bo‘ldi, ikki kishi bedarak yo‘qoldi, deb xabar bermoqda mahalliy hukumatga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi. Yong‘inlar mamlakatning markaziy qismini qamrab olgan. 

O‘rmon yong‘inlarining jadal tarqalishiga issiq ob-havo va kuchli shamol sabab bo‘lmoqda. Hukumat ma'lumotlariga ko‘ra, qurbonlarning ko‘pchiligi Pedrogan-Grandi aholi punkti yaqinidagi yo‘lda yong‘in mashinalar harakatlanishini to‘sib qo‘yganda halok bo‘lganlar. Yong‘in oqibatida yana 20 kishi, jumladan 6 o‘t o‘chiruvchi jarohat olgan.

Yong‘in hududiga mamlakat prezidenti Marselu Rebelu di Soza yo‘l olgan. Publico portugal nashrining xabar berishicha, yong‘in halqasida bir necha aholi punktlari qolib ketgan. Odamlar yong‘in tarqalayotgan hududlarni tark etishmoqda.  

Ko‘proq yangiliklar: