Portugaliyadagi o‘rmon yong‘inlari qurbonlari soni 60 nafarga yaqinlashdi

Jahon 14:32 / 18.06.2017 3790

Portugaliyada boshlangan o‘rmon yong‘inlari qurbonlari soni 57 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda Publico nashri mamlakat Ichki ishlar departamenti vaikli Xorxe Gomesga asoslangan holda xabar tarqatdi.

Bundan avvalgi xabarlarda yong‘inlar 39 kishining hayotiga zomin bo‘lgani va 59 kishi jabrlangani haqida aytilgandi.

17 iyun kuni Portugaliyaning bir qator hududlarida harorat 40 darajadan oshgach, yong‘inlar kelib chiqqan. Ayniqsa, Pedrogan-Grandi viloyati hududida yong‘inlar halokatli bo‘lmoqda.

Alanga tez tarqalmoqda, bir qancha aholi puntklari o‘t ichida qolgan, hozircha tabiiy ofat keltirgan zarar miqdori aniq emas.

Yong‘inga qarshi kurash ishlariga 600 nafar o‘t o‘chiruvchi va 200ga yaqin maxsus texnika jalb etilgan. Ispaniyadan ikkita maxsus samolyot yordam uchun yuborilgan. Fransiyadan ham yordam yetib kelishi kutilmoqda.

Fojia tufayli mamlakatda motam e'lon qilinadi.

Ko‘proq yangiliklar: