Maldini sportning boshqa turida faoliyat boshladi

Sport 17:56 / 18.06.2017 8734

«Milan»ning sobiq futbolchisi, 2009 yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagan va bu yilda 49 yoshini nishonlaydigan Paolo Maldini ATP Milan Challenger turniriga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Juftlik bahslarida ishtirok etuvchi Maldini murabbiyi Stefano Landonio bilan birga turnir uchun saralash o‘yinida g‘olib chiqib, wild card qo‘lga kiritgan.

Milandagi turnir 26 iyun kuni boshlanadi – bu sobiq futbolchi 49 yoshga to‘ladigan kundir.

«Biz yanada yaxshiroq o‘ynashimiz mumkinligini bilamiz. Bu bizning ilk turnir, ammo biz Paolo bilan xayriya maqsadlarida tashkillashtirilgan ko‘rgazma turnirlarda qatnashganmiz. Ehtimol, Paolo futbolni tanlamaganida, yaxshi tennischi bo‘lardi. U juda kech, bundan 5 yil oldin shug‘ullanishni boshlagandi. Agar avvalroq tennisga qadam qo‘yganida, unda ayrim texnik muammolar bo‘lmasdi. Uning futboldagi muvaffaqiyatlarini hisobga oladigan bo‘lsak, u tennisda ham muvaffaqiyatlarga erisha olardi deb aytishim mumkin», — deya Landonioning so‘zlarini keltirgan Tennis Italiano.

Ko‘proq yangiliklar: