La Liga prezidenti: Ronalduning ketishi katta yo‘qotish bo‘ladi

Sport 21:30 / 18.06.2017 10895

Ispaniya La Ligasi prezidenti Haver Tebas «Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu soliqlar tufayli Ispaniya chempionatini tark etayotgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirib o‘tdi.

«Ronalduning atrofidagi kishilar professionllarcha ishlashadi. Ishonchim komilki, u butkul beayb. Biz shunday davrda yashamoqdamizki, soliq bilan bog‘liq har qanday xabarda firibgarlik ko‘radilar. Ishonamanki, Ronaldu aybsiz. Men o‘zim o‘qiganlarimga asoslanadigan bo‘lsak, u hech qanday jinoyat sodir etmagan.

Ronalduning ketishi Ispaniya chempionatiga qanday ta'sir ko‘rsatadi? Buni hisoblab bo‘lmaydi, shunisi aniqki, oqibati yomon. Ayniqsa, La Liganing xalqaro maydondagi nufuzi haqida gap ketganda. Bu to‘ldirib bo‘lmaydigan yo‘qotish bo‘ladi», – deya Tebasning so‘zlarini keltirgan AS.

15 iyul kuni Ronaldu oxirgi voqealar tufayli «Real»dan ketmoqchiligi haqida xabar tarqaldi. Ispaniya prokuraturasi unga qarshi ish ochgan. Portugaliyalik futbolchi o‘z niyati haqida Madrid jamoasi prezidenti Florentino Peresga ham ma'lum qilgan. 

Ronaldu 2011 yildan 2014 yilga qadar muddat ichida jami 14,7 mln yevroni soliq sifatida to‘lamaganlikda ayblanmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: