Konfederatsiyalar Kubogi. Portugaliya Meksikani yenga olmadi

Sport 22:06 / 18.06.2017 10599

Konfederatsiyalar Kubogining A guruhidagi ikkinchi uchrashuv Qozon shahridagi «Kazan Arena» stadionida Portugaliya va Meksika terma jamoalari o‘rtasida o‘tkazildi va 2:2 hisobida yakunlandi.

O‘yinning 22-daqiqasida meksikaliklar darvozasi ishg‘ol etilgandi, ammo hakam videoarbitr bu vaziyatda ofsayd qayd etgani tufayli golni bekor qildi.

Bo‘limning ikkinchi qismida portugallar baribir o‘z maqsadlariga erishdi, 34-daqiqada Ronaldu Rikardu Kuarejmani darvozabon bilan yakkama-yakka holatga chiqardi - 1:0.

Lekin bo‘lim yakunlanishiga bir necha daqiqa qolganda meksikaliklar hisobni tenglashtirishdi, gol muallifi — Haver Ernandes.

86-daqiqada portugallar yana oldinga chiqishdi — jarima maydoniga yorib kirgan himoyachi Sedrik Ochoani dog‘da qoldirdi. Lekin o‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalarda Ektor Moreno meksikaliklarga durang natija keltirgan golni urdi.

21 iyun kuni Portugaliya «Otkrytiye Arena» stadionida Rossiya bilan o‘ynaydi, Meksika shu kuni Sochida Yangi Zelandiya bilan bahslashadi.

Endilikda A guruhida vaziyat quyidagicha: 1. Rossiya — 3 ochko; 2. Portugaliya — 1; 3. Meksika — 1; 4. Yangi Zelandiya — 0.

Konfederatsiyalar Kubogi—2017
A guruhi

Portugaliya – Meksika 2:2 (1:1, 1:1)
Gollar: 1:0 – 34 Kuarejma, 1:1 – 42 Ernandes, 2:1 – 86 Soaresh, 2:2 – 90+2 Moreno.
Portugaliya – Ruy Patrisiu, Pepe, Gerreyru, Soaresh, Fonte, Andre Gomesh, Vilyam Karvalyu, Kuarejma (Andre Silva, 82), Moutinyu (Adriyen Silva, 58), Nani (Jyelson Martinsh, 58), Ronaldu.
Meksika – Ochoa, Moreno, Reyyes, Layyun, Guardado, Dos Santos, Errera, Vela (dos Santos, 57), Salsedo (Arauxo, 67), Ernandes, Ximenes (Peralta, 79).
Ogohlantirishlar: Adriyen Silva (68), Guardado (73), Andre Gomesh (90).

Ko‘proq yangiliklar: