Iroq harbiylari Mo‘sul markazini egallash uchun hujum boshladi

Jahon 12:02 / 18.06.2017 6366

Iroq armiyasi Mo‘sulning Eski shahar qismini IShID jangarilaridan tozalash uchun yurish boshladi. Bu haqda harbiylar bayonotiga asoslangan holda AFP agentligi xabar tarqatgan.

Qayd etilishicha, ushbu hudud IShIDning Iroqdagi eng asosiy nuqtasi hisoblanadi. 

Bundan avvalroq BMTning Iroqdagi qochqinlar masalasi bo‘yicha vakili Bruno Geddo ma'lum qilgandiki, Mo‘sulning tarixiy qismida IShID jangarilari 100 mingdan ortiq kishini jonli qalqon sifatida tutib turibdi.

Ko‘proq yangiliklar: