Amerikaliklar esminetsi savdo kemasi bilan to‘qnashgach bedarak yo‘qolgan 7 askar jasadi topildi

Jahon 09:45 / 18.06.2017 8910

AQSh Harbiy-dengiz kuchlarining Fitzgerald esminetsi 17 iyun tongida Yaponiya sohillari yaqinida konteynerlar tashiydigan Filippin savdo kemasi bilan to‘qnashib ketgach, bedarak ketgan 7 harbiyning jasadlari topildi. Bu haqda AQSh yettinchi floti ma'lum qilgan.

Jasadlar kemaning to‘qnashuvdan keyin sinib tushgan qismida bo‘lgan, ular Yokosukaga jo‘natilgan.

Fitzgerald 17 iyun tonggi soat 2:30da Yokosukadan (Yaponiya) 103 kilometr janubi-g‘arbda savdo kemasi bilan to‘qashib ketgan, 3 kishi jarohatlanib, 7 kishi yo‘qolib qolgandi. Savdo kemasidagilarga esa shikast yetmagan.

Hodisa oqibatida esminetsning bir nechta bo‘lmasiga suv toshgan, keyinroq bu jarayon to‘xtagandi.

Ma'lumot uchun, Fitzgerald esminetsining suv sig‘imi sakkiz ming tonnadan ortiq, uzunligi — 154 metr. ACX Crystal konteyner tashuvchisining suv sig‘imi 29 ming tonna, uzunligi esa 220 metrga teng.

Ko‘proq yangiliklar: