Turkiyada 9 oy ichida 360 ta teraktning oldi olindi

Jahon 18:43 / 17.06.2017 3789

Turkiya armiyasi va xavfsizlik kuchlari so‘nggi to‘qqiz oy davomida 1068 terrorchini zararsizlantirdi. Terrorchilik faoliyatiga aloqador bo‘lgan 368 shaxs ushlandi, yana 289 inson ko‘ngilli ravishda qurolni topshirgan. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Binali Yildirim Diyorbakir viloyatida ma'lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda o‘tgan davrda 360 teraktning oldi olingan.

Yildirimning ta'kidlashicha, terrorchilikka qarshi muvaffaqiyatli amaliyotlar tufaydi Kurdiston ishchi partiyasi terrorchilari faolligi keskin pasaygan. Bosh vazirning qayd etishicha, to‘qqiz oy davomida terrorchilikka qarshi amaliyotlar doirasida KIP terrorchilik tashkilotining 256 boshpanasi yo‘q qilindi.

Yildirim Anqara qo‘shni davlatlar hududidagi terrorchilar bilan kurash bo‘yicha qanday qadamlarni qo‘yayotganiga e'tibor qaratdi. «Turkiya – IShID terrorchilari bilan amalda faol kurash olib boruvchi davlatdir. Turkiya armiyasi «Firot qalqoni» amaliyoti doirasida Suriyada uch mingga yaqin terrorchini yo‘q qildi», - deya eslatdi bosh vazir.

Ko‘proq yangiliklar: