«Real» sobiq prezidenti Ronalduning klubni tark etish bo‘yicha qarorini qo‘llab-quvvatladi

Sport 10:44 / 17.06.2017 14689

«Real» sobiq prezidenti Ramon Kalderon madridliklar hujumchisi Krishtianu Ronalduning bayonotiga izoh berdi. Portugaliyalik futbolchi jamoadan ketishni istayotgani haqida aytib o‘tgandi. Kalderon «Real»ning hozirgi prezidentiga Ronalduga xalaqit bermaslik va yaxshi shartnomaga erishishni maslahat berdi.

«Uni „Manchester Yunayted“dan xarid qilayotganimda, o‘xshash vaziyat yuz bergandi – u o‘sha yerdan ketishga qaror qildi, hamda natijada biz shartnoma imzoladik. U ketishni istayotgani haqida gapirar ekan, bu yakuniy qaror bo‘ladi, sen prezident sifatida hech narsa qila olmaysan, faqatgina uni qo‘yib yuborish hamda qulay shartnoma imzolash kerak, xolos.

Eslayman, Krishtianu bilan shartnoma imzolaganimda, u menga qo‘ng‘iroq qildi va «Manchester Yunayted»dagi barcha uning uchun xursandligi hamda unga yaxshi munosabatda ekanini aytib berdi. Ser Aleks Fergyuson uning uchun xuddi ota sifatida edi, hamda Ronaldu ishqibozlarni sevardi. Bu klub uning faoliyatida juda muhim o‘ringa ega. «Manchester Yunayted» - uning yuragida mangu qoluvchi jamoa.

Men u Xitoy yoki Yaqin Sharqqa ketadi, deb o‘ylamayman. U ajoyib holatda va zo‘r o‘ynamoqda. U Pogbadan ham qimmatroqqa baholanadi, chunki o‘yinchi sifatida kuchliroq. Uni o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi bo‘lganlar, katta summadan voz kechishlariga to‘g‘ri keladi", - deya Kalderonning so‘zlarini keltiradi The Sun.

Ko‘proq yangiliklar: