Moskvada taksichi aeroportdan mehmonxonagacha yo‘l uchun chililik jurnalistdan 900 dollar undirdi

Sport 16:00 / 17.06.2017 9270

Chilidan Moskvaga Konfederatsiyalar kubogini yoritish uchun kelgan jurnalist mahalliy taksichi tomonidan aldandi.

U «Domodedovo» aeroportidan shahar markazidagi mehmonxonaga qadar kelgach, taksichi undan yo‘l haqi sifatida 50 ming rubl (900 dollar) undirgan.

Chililik boshqalardan haqiqiy narx haqida bilgach, politsiyaga murojaat qilgan.

Ko‘p o‘tmasdan politsiya ushbu ta'magir haydovchini qo‘lga olgan.

«Qo‘lga olingan shaxs Moskva viloyati fuqarosi bo‘lib, u chililik jurnalistni «Mersedes» avtomobilida manzilga yetkazib qo‘ygan. Hozirda gumonlanuvchi politsiya bo‘limida ko‘rsatma bermoqda.

Unga nisbatan RF Jinoyat kodeksining 159 moddasi, 2 qismi bo‘yicha («To‘lovlardagi firibgarlik») jinoiy ish ochilgan», — deyiladi Rossiya IIVning Moskva bo‘yicha bo‘limi sayti xabarida.

RF Jinoyat kodeksiga ko‘ra, bunday turdagi firibgarlik uchun 300 ming rublgacha jarima qo‘llanadi yoki huquqbuzar 480 soatlik majburiy mehnatga jalb etiladi.

Ko‘proq yangiliklar: