Mashhur olimpiya chempioni oq akula bilan musobaqaga kirishadi

Light 09:40 / 17.06.2017 8822

Olimpiya o‘yinlarida 23 marta g‘alaba qozongan amerikalik suzish ustasi Maykl Felps oq akula bilan suzish borasida bellashmoqchi. Bu haqda Vice Sports xabar berdi.

Unga ko‘ra, bahs 23 iyulga rejalashtirilgan. Tadbir tashkilotchisi hisoblangan Discovery telekanali bu o‘ziga xos musobaqa qayerda bo‘lib o‘tishiga oydinlik kiritmadi.

Nashrning ta'kidlashicha, akula soatiga 40 kilometr tezlikka chiqishi mumkin bo‘lsa, amerikalik mashhur sportchi soatiga faqatgina 10 kilometr tezlikni qayd eta oladi. Ta'kidlanishicha, inson va yirtqich o‘rtasidagi bahs shakli noma'lumligicha qolmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Maykl Felps Olimpiya o‘yinlari tarixidagi eng ko‘p sovrinni yutib olgan sportchi sanaladi.

Ko‘proq yangiliklar: