Kubanda maktab o‘quvchisi pensionerdan farzand ko‘rdi

Jamiyat 01:04 / 17.06.2017 38515

Rossiyaning Kuban viloyatidagi Kushevskiy qishlog‘ida 15 yoshli maktab o‘quvchisi 64 yoshli pensionerdan farzand ko‘rdi. Ushbu holat yuzasidan "16 yoshga yetmagan shaxs bilan jinsiy aloqaga kirish" moddasi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda

Ta'kidlanishicha, bola dunyoga sog‘lom kelgan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, qiz nochor oila farzandi bo‘lgan.  

Ushbu holat yuzasidan Kushevskiy tumanida tekshiruv o‘tkazilmoqda.

"Tergov borishi va natijasi prokuratura nazoratiga qo‘yildi. Bundan tashqari, nazoratsizlikning oldini olish bo‘yicha tizimlar idoralari ishiga baho beriladi", deb aytildi xabarda.  

OAV ma'lumotlariga ko‘ra, qiz va pensioner o‘rtasida aloqa ularning o‘zaro roziligi bilan boshlangan. Ular orasida aloqa borligi qiz tuqqandan keyin ma'lum bo‘lgan. Pensionerga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

2016 yil oktabrda Saratov viloyatida balog‘atga yetmagan qiz 12 yoshli boladan farzand ko‘rgan va xuddi shu kabi ish gumonlanuvchisiga aylangan.

Ko‘proq yangiliklar: