Konfederatsiyalar kubogi. Rossiya g‘alaba bilan boshladi

Sport 22:52 / 17.06.2017 10350

Rossiya terma jamoasi Yangi Zelandiya terma jamoasini Konfederatsiyalar kubogi doirasidagi birinchi uchrashuvda mag‘lubiyatga uchratdi.

Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tgan uchrashuv mezbonlarning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. O‘yinning 31-daqiqasida yangi zelandiyaliklar sardori Maykl Boksoll o‘z jamoasi darvozasiga gol yo‘llab qo‘ydi. 69-daqiqada Fedor Smolov rossiyaliklarning hisobdagi ustunligi ta'minladi.

Endilikda rossiyaliklar A guruhida 3 ochko bilan peshqadam bo‘lib turibdi. Stanislav Cherchesov shogirdlari keyingi turlarda portugaliyaliklar va meksikaliklarga qarshi uchrashuvlarda maydonga tushadi.

Rossiya va Yangi Zelandiya turnirni ochib berdi. 18 iyun kuni guruhlarda yana ikki uchrashuv o‘tkaziladi — Qozonda Portugaliya Meksika bilan o‘ynaydi, Moskvada esa Kamerun va Chili uchrashadi.

Konfederatsiyalar kubogi Moskva, Sankt-Peterburg, Qozon va Sochi shaharlarida 2 iyulga qadar o‘tkaziladi.

Rossiya – Yangi Zelandiya 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 31, avtogol Boksell, 2:0 – 69 Smolov.
Rossiya – Akinfeyev, Kudryashov, Vasin, Djikiya, Jirkov, Yeroxin (Tarasov, 77), Glushakov, Golovin, Samedov, Poloz (Buxarov, 64), Smolov (Miranchuk, 90).
Yangi Zelandiya – Marinovich, Smit, Uinn, Boksell, Dyurent, Roxas (Smelts, 71), Kolvi (Petterson, 83), Tomas, Vud, Barbaruses (Tuiloma, 61), Makglinchi.

Ko‘proq yangiliklar: