Italiyada joylashgan kimyoviy zavodda avariya yuz berdi

Jahon 21:35 / 17.06.2017 3721

Italiyaning shimoli-sharqida joylashgan Lombardiya viloyatidagi kimyo zavodidan xavfli moddalarning sizishi kuzatildi. Oqibatda 40 kishi jabrlandi.

Ma'lum qilinishicha, zavodda farmatsevtika sanoati uchun organik aralashmalar va materiallar ishlab chiqariladi. Hodisa vaqtida jabrlanganlardan ikki nafari ishlab chiqarish joyida, qolganlar transport kompaniyasi vakillari bo‘lib, ular voqea joyi yaqinida bo‘lishgan.

Avariya 17 iyun oqshomida yuz bergan. Hodisa joyiga favqulodda xizmat xodimlari bilan birga atrof-muhitni himoya qilish agentligi xodimlari ham yetib kelishgan.

La Repubblica gazetasining yozishicha, jabrlanganlar shifoxonaga yotqizilgan. Ularning hayoti xavf ostida emas.

Ko‘proq yangiliklar: