Bugun Rossiyada JCh-2018 repetitsiyasi - «Konfederatsiyalar kubogi» start oladi

Sport 17:27 / 17.06.2017 12000

Konfederatsiyalar kubogiga 1992 yilda «Qirol Fahd kubogi» deb asos solingan va daslabki ikki kubok 1992 va 1995 yillarda Saudiya Arabistonida o‘tkazilgan. Ularning dastlabkisida Argentina mezbonni yengib, chempion bo‘lgan bo‘lsa, keyingisida Daniya finalda aynan Argentina ustidan zafar quchgan.

1997 yildan Kubok «Konfederatsiyalar kubogi» nomini olgan va yana Saudiyada tashkillashtirilgan. Avvaliga kubokni har ikki yilda — toq yillarda o‘tkazish mo‘ljallangan. Shu sababli u 1999 yili Meksikada, 2001 yili Yaponiya va Janubiya Koreyada, 2003 yili Fransiyada va 2005 yili Germaniyada o‘tkazilgan.

Aynan 2005 yildan boshlab kubok har 4 yilda o‘tkazilishi, musobaqa mezboni esa bir yil keyin futbol bo‘yicha jahon chempionatini qabul qiluvchi davlat bo‘lishi belgilab qo‘yildi. Shunday qilib, Konfederatsiyalar kubogi jahon chempionatidan oldin o‘ziga xos repetitsiya vazifasini o‘tab beradigan bo‘ldi

Shundan so‘ng 2009 yili JAR, 2013 yili Braziliya va 2017 yili, mana, Rossiya ushbu musobaqaga mezbonlik qilib turibdi.

Aytish kerakki, Konfederatsiyalar kubogi shu paytgacha 9 marta o‘tkazilgan bo‘lsa, bor yo‘g‘i 5 terma jamoa unda g‘olib chiqqan. Braziliya (1997, 2005, 2009, 2013 — 4 marta), Fransiya (2001, 2003 — 2 marta), Meksika (1999), Argentina (1992) va Daniya (1995) — bir martadan.

So‘ngi uch safardan buyon Braziliya ketma-ket g‘olib bo‘lib ketlayotgani e'tiborga molik. Lekin braziliyaliklarning seriyasiga barham beriladi, chunki bu terma jamoa Rossiyadagi turnirga yo‘llanma ololmagan.

Eng qizig‘i, Rossiyada o‘tadigan turnirda Portugaliya, Chili va Rossiya kabi nomdor terma jamoalar debyut qilishadi. Qoyilmisiz?

2016 yilda Yevropa futbol klublari assotsiatsiyasi (ECA) FIFA bilan klublar o‘rtasidagi jahon chempionati o‘tkazilish tartibiga o‘zgartirish kiritish, jumladan, uning ishtirokchilari sonini 6 tadan 24tagacha oshirish hamda uni har ikki yilda yoz faslida o‘tkazish borasida muzokaralarni boshlagan. Agar mazkur muzokaralar muvaffaqiyatli tugasa, Konfederatsiyalar kubogi bekor qilinadi va uning o‘rnini klublar o‘rtasidagi islohot qilingan chempionat egallaydi.

Konfederatsiyalar kubogi–2017 yil

«A» guruhi: Rossiya, Yangi Zelandiya, Portugaliya, Meksika

«V» guruhi: Germaniya, Avstraliya, Kamerun, Chili

Guruh bosqichi o‘yinlari (Toshkent vaqti bilan)

17 iyun, 20:00. Rossiya - Yangi Zelandiya. Sankt-Peterburg
18 iyun, 20:00. Portaguliya - Meksika. Qozon
18 iyun, 23:00. Kamerun - Chili. Moskva
19 iyun, 20:00. Avstraliya - Germaniya. Sochi
21 iyun, 20:00. Rossiya - Portugaliya. Moskva
21 iyun, 23:00. Meksika - Yangi Zelandiya. Sochi
22 iyun, 20:00. Kamerun - Avstraliya. Sankt-Peterburg
22 iyun, 20:00. Germaniya - Chili. Qozon
24 iyun, 20:00. Meksika - Rossiya. Qozon
24 iyun, 23:00. Yangi Zelandiya - Portugaliya. Sankt-Peterburg
25 iyun, 20:00. Germaniya - Kamerun. Sochi
25 iyun, 20:00. Chili - Avstraliya. Moskva

Yarimfinal

28 iyun, 22:00. A1 - V2. Qozon
29 iyun, 22:00. V1 - A2. Sochi

3-o‘rin uchun o‘yin

02 iyul, 16:00. Moskva

Final

02 iyul, 22:00. Sankt-Peterburg

Ko‘proq yangiliklar: