20 yoshli haydovchi piyodaning umriga zomin bo‘ldi

Jamiyat 09:42 / 17.06.2017 10134

2017 yil 15 iyun kuni soat 03:35 larda, Xorazm viloyati, Yangiariq tumani hududida, noma'lum haydovchi, noma'lum transport vositasi bilan piyoda Yangiariq tumanida yashagan, 1986 yilda tug‘ilgan B.X.ni urib yuborib yo‘l-transport hodisasi joyidan yashiringan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB.

Natijada piyoda B.X. voqea joyida halok bo‘lgan. 

Olib borilgan qidiruv va surishtiruv ishlari natijasida ushbu yo‘l-transport hodisasini, haydovchi Yangiariq tumanida yashovchi, 1997 yilda tug‘ilgan Q.J. “Lasfera shirinliklari” MChJga tegishli «KOBALT» rusumli avtomobilida sodir etganligi aniqlanib, shu kuni ushlangan.

Ko‘proq yangiliklar: