O‘zbekiston IIV rahbari Tojikistonga tashrif buyuradi

O‘zbekiston 14:41 / 16.06.2017 15508

O‘zbekiston Ichki ishlar vaziri, general-mayor Abdusalom Azizov joriy yil iyun oyi oxirida Tojikistonga boradi. Asia Plus agentligi Tojikiston IIVdagi manbasiga tayangan holda shu haqda xabar qilmoqda. Bu O‘zbekiston IIV rahbarining qo‘shni respublikaga so‘nggi 20 yildagi ilk safari bo‘ladi. 

O‘zbekiston Ichki ishlar vaziri MDHga a'zo davlatlar ichki ishlar vazirlari Kengashi majlisida ishtirok etadi. Anjuman 27-29 iyun kunlari Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tadi. Azizov safari chog‘ida Tojikiston IIV rahbariyati hamda respublika hukumatidagi kuch tizimlarining yuqori lavozimli mulozimlari bilan uchrashadi. 

So‘nggi marotaba O‘zbekiston Ichki ishlar vaziri 19 yil muqaddam Tojikistonga kelgan. O‘sha vaqtda bu lavozimni Zokirjon Almatov egallab turgan edi. 

Biroq, Kun.uz O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmatiga qo‘ng‘iroq qilib, ushbu tashrifga oydinlik kiritishni so‘raganda, matbuot xizmati vakili vazir Abdusalom Azizovning Tojikistondagi yig‘ilishda bevosita ishtirok etishi hamda ushbu respublikaga borishi aniq emasligini ta'kidladi. 

Abdusalom Azizov shu yilning yanvar oyida O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligiga rahbar sifatida tayinlangan edi. 

Ko‘proq yangiliklar: