Samarqanddagi «Inturist» mehmonxonasi buzib, qayta quriladi

Jamiyat 22:24 / 16.06.2017 7978

Samarqand shahridagi Universitet xiyoboni boshida joylashgan, sobiq ittifoq davrida barpo etilgan, ayni paytda zamonaviy talablarga javob bera olmay qolgan 9 qavatli «Inturist» mehmonxonasi buziladi. Bu haqda 16 iyun kuni Samarqand shahar hokimi V.Rahimov jurnalistlar bilan o‘tkazgan matbuot anjumanida aytib o‘tdi.

Ko‘p yillardan beri ishlatilmasdan va sotilmasdan kelayotgan hamda shaharning ko‘rkini buzib turgan mehmonxona buzilgach, uning o‘rnida yangi, zamonaviy loyiha asosida boshqasi qad rostlaydi.

Yangi mehmonxonaning qurilish ishlarini Qorako‘l Story Engineering mas'uliyati cheklangan jamiyati o‘z mablag‘lari hisobiga amalga oshiradi.

Ko‘proq yangiliklar: