«Qoradori-2017»: Toshkentda taqiqlangan ekinlarni yetishtirish aniqlandi

Jamiyat 15:06 / 16.06.2017 4709

2017 yilning 14 iyun kuni, taxminan soat 20:30 larda, Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan «Qoradori-2017» tadbiri davomida, Shayxontohur tumani hududida O‘tkir Abdullayevich Zoirov uyining xovlisida qonunga xilof ravishda 3 tup «nasha» giyohvandlik vositasini ekib, yetishtirayotganligi aniqlangan. Bu haqda Toshkent IIBB xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan Shayxontohur tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 270-moddasi 1-qismi (taqiqlangan ekinlarni qonunga xilof ravishda ekish va yetishtirish) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan. 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: