Qandim gazni qayta ishlash zavodi rejadagidan avvalroq ishga tushadi

Iqtisodiyot 15:07 / 16.06.2017 13915

O‘zbekistondagi Qandim konlari guruhining gazni qayta ishlovchi zavodi qurilishining birinchi bosqichi shu yilning dekabr oyida tugallanadi. Bu haqda Xalqaro Press-klubning 12 iyun kuni bo‘lib o‘tgan navbatdagi sessiyasida "O‘zbekneftgaz" vakillarining so‘zlariga asoslanib, "Kun.uz" muxbiri ma'lum qildi.

Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning "Lukoyl" kompaniyasi bilan birgalikda mazkur loyihani yo‘lga qo‘yish ishlarini tezlashtirishga qaror qilingan. 

Shunday qilib, dastlab 2018 yilning iyun oyiga mo‘ljallangan birinchi bosqich ishlari 2017 yilning dekabrida tugallanadi.

Hozirda ushbu obektga loyihada ko‘zda tutilgan 93 foiz uskunalar keltirilgan. Gazni qayta ishlovchi zavod qurilishiga taxminan 8 ming kishi jalb qilingan, ularning 90 foizdan ko‘prog‘i mahalliy mutaxassislardan iborat. 

Ta'kidlash joizki, 8,1 milliard kubometr gaz ishlab chiqarishni maqsad qilgan zavodning qurilishi 2016 yilning aprelida boshlangan. 

Ko‘proq yangiliklar: