Kameralar qoidabuzarliklarni kamroq qayd qila boshladi

Jamiyat 09:48 / 16.06.2017 10171

Toshkent shahar chorrahalari va yo‘llariga o‘rnatilgan kameralar asta-sekinlik bilan o‘z samarasi bera boshladi. Toshkent IIBBda bo‘lib o‘tgan matbuot brifingida ma'lum qilinishicha, YHQ buzish holatlarini oldini olish maqsadida olib borilgan tadbirlar natijasida hafta davomida yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari tomonidan  17 ming 678ta, chorrahalarga o‘rnatilgan kuzatuv kameralari yordamida 6808ta (o‘tgan haftada 7774ta) qoidabuzarliklar aniqlangan. Shundan 3 ming 081ta svetoforning taqiqlovchi chirog‘ida harakatlanish, 3 ming 727ta tezlikni belgilangan me'yordan oshirish ekani ta'kidlandi. 

Hafta davomida 21 ta yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lib, halok bo‘lganlar 3 nafarni, jarohatlanganlar 20 nafarni tashkil etgan.

2017 yil 15 mart kuni kuzatuv kameralari joriy etilgandan so‘ng, YTH soni 286 tani tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 154taga, hodisalar oqibatida halok bo‘lganlar soni 36 nafarni tashkil etib, 24nafarga, tan jarohati olganlar soni 325nafarni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 199 kishigga kamaygan.

Videokuzatuv kameralari tomonidan joriy kunga qadar jami 136 ming 525ta qoidabuzarliklar aniqlangan. 

Ko‘proq yangiliklar: